Tramp boshqaruvi: bir yillik tajriba va siyosiy oqibat (+video)
AQSH Prezidenti Donald Trampning boshqaruviga bir yil to‘lishi mamlakat siyosiy hayotida muhim bosqich sifatida baholanmoqda.
Bu davrda ichki siyosat institutsional islohot, iqtisodiy tashabbuslar va ijtimoiy muhokamalar faollashuvini boshdan kechirdi. O‘tgan yil Amerika yetakchisining rahbarlik uslubi davlat boshqaruvida tez va keskin qaror qabul qilish xususiyati bilan ajralib turdi.
Tashqi siyosatda Qo‘shma Shtatlar an’anaviy ittifoqchilar bilan munosabatni qayta ko‘rib chiqa boshladi. “Amerika – birinchi” tamoyiliga asoslangan yondashuv xalqaro majburiyat va hamkorlik formatida yangi muvozanat izlash jarayonini yuzaga chiqardi. Bugun AQSHning global siyosiy muhitdagi o‘rniga turlicha baho berilyapti.
Shuningdek, Trampning bir yillik faoliyati xavfsizlik va geosiyosiy masalada tashlangan jiddiy qadamlar bilan yodda qoldi. Xalqaro mojarolarga nisbatan qat’iy qarash namoyon etildi, diplomatik muloqot uslubi ham kun tartibidan tushmadi. Bunday yondashuv global siyosiy ta’sirni saqlab qolishga qaratilgan strategiya sifatida ko‘rilyapti.
Umuman, Vashington siyosatida yangi davr boshlanayotgandek. Mazkur tajribaning uzoq muddatli natijasi keyingi yillarda aniqroq namoyon bo‘ladi. Hozircha bu davr kutilmagan siyosiy qarorlar, bahs-munozaralar va global darajada e’tibor markazida qolayotgan sa’y-harakatlardek tasavvur uyg‘otmoqda.
AQSH yetakchisining bir yillik faoliyatini atroflicha muhokama qilish maqsadida O‘zA muxbiri ekpertlar Farxod Karimov, Habibullo Azimov va Ravshan G‘oziyevga murojaat qildi.
Suhbatni to‘liq ko‘rish uchun “Youtube” kanalimizga o‘ting.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ochNT1BwzFA" title="Tramp boshqaruvi: bir yillik tajriba vasiyosiy oqibat " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo,
Oybek Davronov,
O‘zA