Tramp AQSH tarixidagi eng buyuk yetakchimi?
AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zi tuzgan Amerika yetakchilari reytingida o‘zini birinchi o‘ringa qo‘ydi. Rahbarlar timsoli aks etgan ro‘yxat “Truth Social” ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilindi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, u “eng buyuklar” toifasida birinchi o‘rinda turadi.
Shuningdek, Avraam Linkoln, Jorj Vashington, Franklin Ruzvelt, Vudrou Vilson, Tomas Jefferson va Endryu Jekson ham “buyuk”lar qatoriga kiritilgan.
Jo Bayden, Barak Obama, Ulisses Grant, Uorren Xarding va Jimmi Karter esa Tramp nazdida “muvaffaqiyatsiz” prezidentlar.
S.Rahimov, O‘zA