Tramp AQSH kuchlarining Yaqin Sharqdan olib chiqilishi haqidagi xabarlarga izoh bermadi
AQSH Prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharqdagi ayrim mamlakatlar, jumladan Kuvayt va Bahrayndan Amerika qo‘shinlari olib chiqilishi ehtimoliga doir savollarni javobsiz qoldirdi.
Prezident samolyoti – “Air Force One” sahnida jurnalistlar bilan muloqot qilgan Oq uy rahbari ushbu masalani izohlash istagi yo‘qligini bildirdi.
Avvalroq “The Wall Street Journal” nashri manbalarga tayanib, Pentagon Yaqin Sharqdagi harbiy ishtirokini qayta ko‘rib chiqayotgani va Iroq, Kuvayt, Iordaniya hamda Saudiya Arabistonidan “Patriot” havo hujumidan mudofaa tizimining sakkizta batareyasi olib chiqib ketilayotgani haqida yozgan edi. Ushbu texnika vositalari bilan birga aslahalarga xizmat ko‘rsatuvchi yuzlab askar ham vataniga qaytarilishi kutilyapti.
“Associated Press” agentligi esa sun’iy yo‘ldosh suratlarini tahlil qilib, AQSH Harbiy-dengiz kuchlari kemalari Bahrayndagi bazani tark etganini ma’lum qilgan edi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA