Tozalik aksiyasi o‘tkazildi
“Butunjahon tozalik kuni” munosabati bilan Guliston shahrining Sayqal mahallasi hududidan oqib o‘tgan “Do‘stlik” kanalining ikki yon atrofida Chiqindilarni yig‘ish ekologik aksiyasiga o‘tkazildi.
Sirdaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda Ekologiya boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, “Toza hudud” DUK, Obodonlashtirish boshqarmasi, hamkor tashkilotlar, OAV xodimlari, ekofaollar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.



Aksiya ishtirokchilari tomonidan hududlar tozalanib, obodonlashtirish ishlari olib borildi. Shuningdek, plastik, qog‘oz, metall va teri chiqindilarni qayta ishlash korxonalari tomonidan qayta ishlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.





Chiqindilarni yig‘ish ekologik aksiyasida jami 400 nafarga yaqin aksiya ishtirokchisi tozalash ishlarida qatnashdi.
Tadbir uyushqoqlik bilan o‘tdi. Aksiya davomida 14 ta maxsus texnika yordamida 14 tonna chiqindi to‘planib, maxsus joylarga to‘kildi.
Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri