Toshkentda yosh shaxmatchilar bellashmoqda
FOTOREPORTAJ
Xalqaro shaxmat akademiyasida 8-12 yoshdagi o‘g‘il-qizlar o‘rtasida mamlakat chempionati bahslari davom etmoqda.
[gallery-5652]
2 ta tur natijalariga ko‘ra, 45 nafar shaxmatchi mag‘lubiyatsiz odimlamoqda. Ular orasida Madina Muzaffarova, Musharraf Botirova, Gulshan Odilova, Shukrona Davriboyeva, Dilnoza Nurullayeva, Aleksandra Yurchenko, Liliya Belaya, Malika Jumayeva, Akbarshoh Ochilov, Abdug‘ani Olimjonov, Saida’lo G‘afforjonov, Shohruzbek Ro‘ziqulov, Oriyat Obidjonov, Shahzod Islomov, Muhammadiso Ubaydullayev va Javohir Bozorov kabi bolalarning borligi kishini quvontiradi.
Mamlakat chempionati bahslari 26 fevralga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA