Toshkentda ot sporti bo‘yicha jahon kubogi saralash bahslariga start berildi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “Universal Horses Stable” ot sporti klubida Xalqaro ot sporti federatsiyasi taqvimiga kiritilgan nufuzli turnir boshlandi.
Musobaqaning birinchi yarmida chavandozlar 110 va 120 santimetr balandlikdagi to‘siqlardan sakrab o‘tish bahslarida o‘z mahoratini namoyon etdi. Kunning ikkinchi yarmida esa turnirning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda 20 ga yaqin davlat bayroqlari ostida Xalqaro ot sporti federatsiyasi vakillari, ishtirokchi mamlakatlar rasmiylari, hakamlar hamda taniqli chavandozlar qatnashdi.
[gallery-28976]
Tadbirda so‘zga chiqqanlar mazkur nufuzli musobaqaning ahamiyati, uni tashkil etish tartibi va bellashuvlarni o‘tkazish jarayonlari haqida fikr bildirdi.
Shundan so‘ng 140 santimetr balandlikdagi to‘siqlardan sakrab o‘tish bo‘yicha saralash bellashuvlari boshlandi.
Jahon kubogi saralash bosqichida to‘siqlardan sakrash hamda ot yo‘rttirish bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.
Mazkur turnir mamlakatimizda ot sportini yanada rivojlantirish, xalqaro tajriba almashish hamda sportchilarning reyting ko‘rsatkichlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Musobaqa 3-mayga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA