Toshkentda migratsiya kelajagiga oid muhim qarorlar muhokama qilindi (+video)
Toshkent shahrida “Mehnat migrantlari va ularning oila a’zolarining ijtimoiy-huquqiy himoyasi” mavzusida o‘tkazilgan Xalqaro migratsiya forumi yakuniga yetdi.
Ikki kun davom etgan yirik muloqot maydonida mehnat migratsiyasi, yoshlar bandligi, gender tenglik, kasbiy tayyorgarlik va xavfsiz migratsiya masalalari muhokama qilindi.
Anjumanda BMT tizimi va xalqaro tashkilotlar, davlat idoralari, Yevropa va Osiyo mamlakatlaridan ish beruvchilar, ekspertlar ishtirok etdi. Tadbir doirasida turli mavzularda munozaralar, B2B va G2G uchrashuvlari o‘tkazilib, yangi hamkorlik kelishuvlariga erishildi.
Mutaxassislar fikricha, forum sohada xalqaro sheriklikni mustahkamlash, mehnat migrantlarining huquqiy himoyasini kuchaytirish va qonuniy migratsiya mexanizmini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Lo-UnE3VP3k" title="Toshkentda migratsiya kelajagiga oid muhim qarorlar muhokama qilindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, O‘zA