Toshkent xalqaro moliya markazi tarkibida Toshkent xalqaro tijorat sudi tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Toshkent xalqaro moliya markazi, markaz tarkibida Toshkent xalqaro tijorat sudi tashkil etiladi.
Toshkent xalqaro tijorat sudi:
a) birinchi instansiya va apellyatsiya sudidan iborat bo‘ladi;
b) quyidagi nizolarni ko‘rib chiqadi:
Markaz va Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi faoliyati bilan bog‘liq masalalar;
taraflar Toshkent xalqaro tijorat sudi yurisdiksiyasini tanlagan shartnomalardan kelib chiqadigan nizolar;
taraflardan biri chet el korxonasi, chet el investorlari ishtirokidagi korxona yoki chet el investori - jismoniy shaxslar bo‘lgan ma’muriy nizolar;
tadbirkorlik sub’ektining xohishiga ko‘ra davlat bojini to‘liq to‘lash va keyinchalik davlat organi hisobidan undirmaslik sharti bilan har qanday ma’muriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar, shu jumladan, iqtisodiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar;
xalqaro arbitraj institutlari tomonidan ko‘rilayotgan arbitraj joyi O‘zbekiston Respublikasi hududi hisoblangan arbitraj ishi, ushbu nizolardan kelib chiqadigan yoki ular bilan bog‘liq masalalar.
Toshkent xalqaro tijorat sudining qarorlari taraflar uchun majburiy kuchga ega va O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi sudlari hujjatlari uchun belgilangan tartibda ijro etiladi.
O‘zA