Toshkent shahrida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi ortib bormoqda
O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida jami 128,6 trillion so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, poytaxtda 24 trillion so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati (17,3 trln so‘m) va Toshkent viloyati (17,2 trln so‘m) qayd etilgan.
Shuningdek, Buxoro viloyatida — 9,6 trillion so‘m, Farg‘ona viloyatida — 9,4 trillion so‘m, Qashqadaryo viloyatida — 9 trillion so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Andijon (7,6 trln so‘m), Namangan (6,8 trln so‘m) va Navoiy (6,6 trln so‘m) viloyatlari ham ushbu yo‘nalishda salmoqli ulushga ega.
Qolgan hududlarda ham oziq-ovqat sanoati izchil rivojlanib bormoqda. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 5,8 trln. so‘m, Xorazm viloyatida — 4,9 trln. so‘m, Sirdaryo viloyatida — 4,6 trln. so‘m, Jizzax viloyatida — 2,9 trln. so‘m, Surxondaryo viloyatida — 2,8 trln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Hamroz Bayanov,
O‘zA