Toşkent şahri, Farğona va Samarqandda uçta zamonaviy laboratoriya taşkil etiladi
Yangi Toşkentdagi qurilişlar va mahalliy mahsulotlar raqobatbardoşligini oşiriş böyiça qöşimça çoralar belgilandi.
Yangi Toşkentda katta hajmdagi quriliş işlarini amalga oşirayotgan developerlarning aylanma mablağga ehtiyojini qoplaş uçun ön kun içida 200 million dollarlik imtiyozli kredit liniyasi oçiladi. Uşbu mablağlar faqat mahalliy quriliş materiallarini xarid qilişga yönaltiriladi.
Mahalliy korxonalar sifat körsatkiçlari tekşirilmagan arzon import mahsulotlari bilan raqobat qilayotgani, biroq ularni sinovdan ötkaziş uçun laboratoriyalar yetişmasligi taʼkidlandi.
Aholini sifatsiz va salomatlik uçun xavfli mahsulotlardan himoya qiliş maqsadida Toşkent şahri, Farğona va Samarqandda uçta zamonaviy laboratoriya taşkil etiladi.
Mutasaddilarga bir oyda laboratoriyalar joylaşuvini aniqlaş va ularni kelasi yil işga tuşiriş topşirildi.
ÖzA