Toshkent shahri delegatsiyasi III Minsk yosh davlat xizmatchilari forumida
Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi Belarus Respublikasi poytaxti — Minsk shahrida III Minsk yosh davlat xizmatchilari forumida ishtirok edi.
Forum avvalida “Minsk — qahramon shahar” stelasi poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etib, Ikkinchi jahon urushi yillarida halok bo‘lganlar xotirasini yod etdi.

Forum turli mamlakatlardan davlat boshqaruvi sohasidagi yosh mutaxassislarni tajriba almashish, zamonaviy tendensiyalarni muhokama qilish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida birlashtirdi.

Forum davomida yosh mutaxassislar davlat boshqaruvi tizimidagi karera imkoniyatlarini muhokama qildi, tajriba almashdi hamda xalqaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab oldi.
Toshkent shahri delegatsiyasi muhokamalarda faol ishtirok etib, Toshkent shahrining kadrlar salohiyatini rivojlantirish va yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tajribasini taqdim etdi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA