Toşkent mediaforumi: milliy kontentni rivojlantiriş, yangi media imkoniyatlari va tajriba almaşinuvi
Toşkent şahrida bölib ötayotgan Özbekiston – Rossiya III media forumi ikki mamlakat axborot makonidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, zamonaviy media tendensiyalarni muhokama qiliş hamda istiqbolli taşabbuslarni ilgari surişda muhim maydon bölib xizmat qiladi.
Forum doirasida Özbekiston Milliy media assotsiatsiyasi Boş direktori Rahmatjon Umarov zamonaviy axborot makonidagi özgarişlar, milliy media sohasi rivojlaniş bosqiçlari va xalqaro hamkorlikning amaliy ahamiyati yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Qayd etilganidek, bugungi kunda media sohasi şunçaki axborot tarqatiş vositasi emas, balki jamiyat tafakkuri, davlatlar örtasidagi muloqot va xalqaro munosabatlarga bevosita taʼsir körsatuvçi muhim institutga aylangan. Raqamli texnologiya, sunʼiy intellekt va ijtimoiy platformalar axborotni işlab çiqariş va foydalanuvçiga yetkaziş mexanizmini tubdan özgartirmoqda. Ayni jarayon media taşkilotlar oldiga nafaqat texnologiyani yangilaş, balki kasbiy mahorat, mazmun va masʼuliyatga ham yangiça yondaşuvlar joriy etiş vazifasini qöymoqda.
Şu jihatdan forum kun tartibidan raqamli transformatsiya, SI, axborot xavfsizligi va zamonaviy media kontent yaratiş kabi dolzarb mavzular örin olgani alohida eʼtirof etildi. Zamonaviy axborot makonida raqobatbardoş böliş uçun texnologiyani nafaqat özlaştiriş, balki milliy manfaat, jamiyat ehtiyoji va auditoriya işonçiga xizmat qiladigan tarzda qöllaş ustuvor ahamiyat kasb etadi.
[gallery-32416]
Taʼkidlanişiça, bugun Özbekistonda media sohasini rivojlantiriş, nodavlat teleradiokanallar, internet naşrlari va raqamli platformalar faoliyatini qöllab-quvvatlaş borasida yangi imkoniyatlar şakllanmoqda. Mamlakatimizda keng auditoriyaga ega markaziy telekanallar bilan bir qatorda, hududlarda öz örni va muştariylarini topayotgan mahalliy ommaviy axborot vositalari ham faol işlayapti.
Özbekiston Milliy media assotsiatsiyasi rahbari sözlariga köra, bugungi kunda media taşkilotlarining ehtiyoji turliça: ayrimlari uçun zamonaviy texnologiyani joriy etiş, boşqalari uçun ijodiy xodimlar malakasini oşiriş, yana birlari uçun esa milliy kontentni raqamli platformalar orqali keng ommaga yetkaziş ustuvor vazifa hisoblanadi. Xalqaro hamkorlik aynan şu ehtiyojlarga amaliy yeçim topiş, ilğor tajribani özlaştiriş va yangi loyihalar yölga qöyişga xizmat qilişi lozim.
Rossiyalik hamkasblar bilan muloqotda televizion mahsulot işlab çiqariş, raqamli media, kontent tarqatiş va mutaxassislar tayyorlaş borasidagi tajriba almaşinuvi muhim örin egallaydi. Qolaversa, respublikamizda şakllanayotgan yangi media formatlar, mahalliy ijodiy jamoalar tajribasi va milliy media mahsulotlar ham xorijiy hamkorlarda jiddiy qiziqiş uyğotmoqda. Bu holat hamkorlik jarayoni bir tomonlama emas, balki özaro manfaatli bilim va imkoniyatlar almaşinuvi asosida qurilişi zarurligini körsatadi.
Kelgusida ikki mamlakat media sohasi vakillari örtasida quyidagi istiqbolli yönalişlarda hamkorlikni kengaytiriş maqsadga muvofiq ekani qayd etildi:
turizm, sport, iqtisodiyot, fan va innovatsiya yönalişlarida qöşma media loyihalar amalga oşiriş;
jurnalistlar uçun malaka oşiriş dasturlari taşkil etiş va ijodiy jamoalar örtasida bevosita aloqalarni yölga qöyiş;
hududiy va nodavlat ommaviy axborot vositalari vakillari xalqaro hamkorlik imkoniyatidan keng foydalanişi uçun şaroit yaratiş.
Şuningdek, milliy kontentning xalqaro axborot makonidagi örnini mustahkamlaş masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Sifatli media mahsulot raqamli platforma orqali muayyan mamlakat çegarasidan çiqib, keng ommaga yetib borişi madaniy, iqtisodiy va intellektual salohiyatimiz xorijda keng namoyon bölişi, diyorimiz haqidagi xolis axborot xalqaro maydonda köpayişi uçun qulay imkoniyatdir.
Xulosa sifatida taʼkidlanganidek, media sohasidagi xalqaro hamkorlik milliy axborot makoni raqobatbardoşligini oşiriş, sifatli kontent yaratiş, jurnalistlar salohiyatini yuksaltiriş va davlatlar örtasidagi özaro anglaşuvni mustahkamlaşga xizmat qiladi. Özbekiston – Rossiya III media forumi doirasidagi uçraşuv va muhokamalar bu borada aniq amaliy natijaga, yangi professional aloqalar va qöşma taşabbuslarga mustahkam zamin yaratadi.
Abduaziz Xidirov, ÖzA muxbiri