Tomorqadagi chorvachilik xo‘jaligi (+video)
Xorazm viloyati Xonqa tumani Nurobod mahallasida istiqomat qiluvchi Sharifboy Polvonov uy sharoitida chorvachilik xo‘jaligini tashkil etgan.
Tomorqadagi ushbu xo‘jalikda 30 ga yaqin qoramol parvarishlanadi. Bu yerda nafaqat mahalliy, balki chet davlatlardan zotdor sergo‘sht qoramollar keltirilib, yurtimiz iqlim sharoitiga moslashtirib boqilmoqda.
Aholiga sifatli go‘sht mahsulotlari yetkazib berayotgan Sharifboy aka kelgusida tadbirkorlik ishini kengaytirib, chorvachilik fermasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish niyatida.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/P4ZmHTozcZk" title="Tomorqadagi chorvachilik xo‘jaligi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behzodbek SAIDOV (surat, video), O‘zA