Tojikiston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi
Ko‘ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, shohsupaga taklif etdi.
Ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Tojikiston madhiyalari yangradi.
Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining muzokaralari boshlandi.








