Tog‘li hududda zamonaviy markaz
Surxondaryo viloyatining Boysun tumani “Gaza” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida zamonaviy sport-sog‘lomlashtirish markazi foydalanishga topshirildi.
Surxondaryo viloyatining Boysun tumani “Gaza” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida zamonaviy sport-sog‘lomlashtirish markazi foydalanishga topshirildi.
“Qishloq qurilish bank” Boysun tuman filialining moliyaviy ko‘magida barpo etilgan markaz zamonaviy sport inventarlari bilan ta’minlangan. To‘rt kishi doimiy ish bilan band.
– Maqsadimiz hudud aholisini sportga jalb etib, salomatligini mustahkamlashga ko‘maklashish, – deydi tadbirkor I.Abdullayev. – Ayni kunlarda markazning ayollarga mo‘ljallangan seksiyasini ham qurishni boshladik. Kelgusida voleybol va basketbol maydonchalari barpo etish rejalashtirilgan.