Tinchlik – eng ulug‘ ne’mat
Namangan viloyati Pop tumanidagi 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida tashkil etilgan Tinchlik darsiga Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi To‘lanboy ota To‘ychiboyev taklif etildi.
Namangan viloyati Pop tumanidagi 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida tashkil etilgan Tinchlik darsiga Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi To‘lanboy ota To‘ychiboyev taklif etildi.Yoshligi suronli yillarga to‘g‘ri kelgan otaxon dars davomida o‘quvchilarga urushning azob-uqubatlari, jasur ajdodlarimizning urushda va front ortida ko‘rsatgan qahramonliklari, bugungi tinch, farovon hayotga erishish yo‘lidagi mashaqqatlar haqida hayotiy misollar bilan so‘zlab berdi. Yoshlarni tinchlikning qadriga yetish, uni asrab-avaylashga da’vat etdi.
– Istiqlol tufayli yoshlar zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya olish, kasb-hunar egallash imkoniyatiga ega bo‘ldi, – deydi otaxon. – Bundan unumli foydalanish, ilm, kasb-hunar egallash, Vatanga sidqidildan xizmat qilish, tinchlikni asrash yoshlarning oliy maqsadi bo‘lmog‘i lozim.