Tim Rim: “Mag‘lubiyatdan keyin kiyinish xonasida hamma shok holatida edi”
Bu haqiqiy shok edi.
AQSh terma jamoasi sardori Tim Rim JCH–2026 nimchorak finalida Belgiyadan 1:4 hisobida uchralgan mag‘lubiyatdan keyingi muhit haqida gapirdi.
"Bu haqiqiy shok edi. Biz maydonda nima sodir bo‘lganini anglashga harakat qildik. Chunki bu o‘yin avvalgi uchrashuvlarimizdan butunlay farq qildi.
O‘ylaymanki, kiyinish xonasida hamma shok holatida edi. Futbolchilar nega va qanday qilib bunchalik yomon o‘ynaganimizni tushunishga urinardi", — dedi Rim.
Eslatib o‘tamiz, AQSh terma jamoasi JCH–2026 nimchorak finalida Belgiyaga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib, mundial bilan xayrlashgan edi.