Tibbiy xizmat sifati böyiça hali yeçimini kutayotgan masalalar borligi qayd etildi
Yiğilişda taʼlim va tibbiyot sohalaridagi vazifalar ham körib çiqildi.
Tadbirkorlarga yer ajratib, xususiy boğça va maktablarni köpaytiriş, maktab bitiruvçilarining 50 foizini texnikumlarga jalb qiliş vazifasi qöyildi. Texnikumlarni yirik tadbirkorlar va investorlar bilan boğlaş, xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etiş zarurligi taʼkidlandi. Viloyatdagi önta davlat va xususiy oliy taʼlim muassasasida dual taʼlim qamrovini ikki baravar oşiriş rejalaştirilgan.
Joriy yilda 29 ta şifoxona va poliklinikani yangilaş işlari amalga oşirildi. Şu bilan birga, tibbiy xizmat sifati, ayniqsa, birlamçi böğin faoliyati böyiça hali yeçimini kutayotgan masalalar borligi qayd etildi.
Mutasaddilarga birlamçi tibbiy xizmatni yaxşilaş, sohaga investitsiya jalb etiş va xorijda tajriba orttirgan vatandoşlar imkoniyatidan foydalaniş topşirildi.
Prezidentimiz öz hududini kompleks rivojlantirişda Olot tumani hokimi Nargiza Neʼmatova alohida jonbozlik körsatayotganini eʼtirof etib, davlat va boşqaruv idoralaridagi köp yillik samarali mehnati, yangi iş örinlarini yaratiş orqali aholi farovonligini taʼminlaş yölidagi xizmatlari uçun uni "Fidokorona xizmatlari uçun" ordeni bilan mukofotlaşga qaror qilganini eʼlon qildi.
Yiğilişda muhokama qilingan vazifalar yuzasidan tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari hamda kelgusi yilga rejalari tinglandi.
ÖzA