Tez tibbiy yordam sifati yanada oshadi
Prezidentimizning 2022 yil 16 iyundagi “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” gi qarori ijrosi doirasida Xorazm viloyatiga 8 ta “Wolkswagen Caddy” rusumli zamonaviy tez tibbiy yordam mashinalari keltirildi.
Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Jo‘rabek Raximov yangi tez tibbiy yordam mashinalarini Urganch shahri, Xonqa, Yangiariq, Xiva, Qo‘shko‘pir, Shovot va Gurlan tumanlari tibbiyot birlashmalariga topshirdi.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan bunday tez tibbiy yordam mashinalaridan 2023-2025 yillarda Xorazmga 42 tasi ajratilishi rejalashtirilgan. Joriy yilda yana 12 ta, kelgusi yilda esa 22 tasi keltiriladi.

Ayni davrda viloyatdagi tibbiyot muassasalari tasarrufida 157 ta tez tibbiy yordam transportlari bo‘lib, ularning 30 tasi yangi rusmdagi zamonaviy tez tibbiy yordam mashinalari, 12 tasi reanimobillar hisoblanadi.
Ahmadjon SHOKIROV,
O‘zA muxbiri