Test sinovlarining 9 kuni ortda qoldi
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda davom etayotgan 2026/2027 o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining 9 kuni ortda qoldi.
Joriy yilda Buxoro viloyati bo‘yicha 30 ming 269 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirib, ro‘yxatdan o‘tgan. Test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi Buxoro viloyati bo‘limi binosida hamda Buxoro shahridagi “Semurg‘” sport majmuasida o‘tkazilmoqda. Ushbu jarayonga Bilim va makalarni baholash agentligi xodimlari va 118 nafar guruh nazoratchisi jalb etilgan.
Viloyat miqyosida bir smenada 1 ming 530 nafar, bir kunda esa 3 ming 60 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega.
[gallery-30519]
Test sinovlari o‘tkazilayotgan binolar nizom talablari asosida shaxsni identifikatsiya qilish kameralari, 360 darajali videokameralar hamda statsionar kuzatuv kameralari bilan to‘liq jihozlangan. Shu bois abituriyentlarning ota-onalari, yaqinlari va keng jamoatchilik vakillari test sinovlari jarayonlarini uydan chiqmagan holda test2026.uz sayti orqali onlayn tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishi mumkin. Bundan tashqari, abituriyentlar bilan birga kelgan ota-onalar va ularning hamrohlari uchun test sinovlari o‘tkazilayotgan hududlarga yaqin joylarda maxsus kutish maydonlari tashkil etilgan. Ushbu hududlarda o‘rnatilgan katta hajmdagi monitorlar orqali test jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati mavjud.
Test sinovlarini xavfsiz, tartibli va shaffof o‘tkazishni ta’minlash maqsadida Buxoro viloyati hokimligi ishchi guruhi, Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari tunu kun xizmat olib bormoqda.
Test sinovlarini adolatli va shaffof tashkil etish, barcha abituriyentlar uchun teng sharoit yaratish hamda jarayonlarning ochiqligini ta’minlash ushbu mas’uliyatli tadbirning ustuvor maqsadi hisoblanadi.
O‘tgan 9 kun mobaynida 28 ming 329 nafar abituriyent jarayonda ishtirok etdi 1 nafar abituriyent belgilangan tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.
Tohir ISTATOV olgan surat), O‘zA