Termizda chang-to‘zonli “Afg‘on shamoli” kuzatilmoqda
FOTOREPORTAJ
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu shamol janubiy-g‘arbiy yo‘nalishda, Afg‘oniston tomondan esgani uchun mahalliy xalq uni “Afg‘on shamoli”, deb ataydi. Issiq va quruq shamol juda ko‘p chang-to‘zon ko‘tarib esadi. Juda avji kelsa, ko‘chalarda ko‘z ochib yurib bo‘lmaydi.
[gallery-12276]
Afg‘on shamoli bir tomondan, janubi-g‘arbdan siljib keladigan va Hisor tog‘ tizmasi oralig‘ida siqilib harakatlanadigan iliq havo massasining, ikkinchi tomondan esa, shimoli-g‘arbdan keladigan sovuq havo frontining aerodinamik tezlashuvi oqibatida paydo bo‘ladi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/flSD8luXHIE" title="Termizda chang-to‘zonli “Afg‘on shamoli” kuzatilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA