Termiz shahridagi 4 ta ixtisoslashgan maktabning natijasi Jarqo‘rg‘ondagi bitta sport maktabichalik bo‘la olmayapti
Yig‘ilishda ixtisoslashgan sport maktablarining oddiy sport maktabidan farqi qolmaganiga e’tiroz bildirildi.
Masalan, Termiz shahridagi 4 ta ixtisoslashgan maktabning natijasi Jarqo‘rg‘ondagi bitta sport maktabichalik bo‘la olmayapti. Jarqo‘rg‘on sport maktabi o‘tgan yili Osiyo va jahon chempionatlarida 6 ta sovrin olgan bo‘lsa, viloyatdagi 4 ta ixtisoslashgan maktabda esa jami 1 ta medal mavjud.
Har bir ixtisoslashgan sport maktabi direktori, jamoasi va murabbiylarning ish uslubini o‘zgartirib, o‘sish nuqtalarini aniq belgilab, oylik maoshini o‘quvchisining natijasiga bog‘lash zarurligi ta’kidlandi.
Mutasaddilarga yutuqlarga erishgan sport maktablarini amaldagi rag‘batlantirish miqdoriga qo‘shimcha yana 500 million so‘mdan alohida mukofotlashni yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
O‘zA