Terma jamoamiz Singapurni ham yengdi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2022-yili Qatarda boʻlib oʻtadigan jahon chempionati saralash oʻyinlaridagi uchinchi oʻyinini Singapur termasiga qarshi oʻtkazdi.
Jahon chempionati – 2022
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2022-yili Qatarda boʻlib oʻtadigan jahon chempionati saralash oʻyinlaridagi uchinchi oʻyinini Singapur termasiga qarshi oʻtkazdi.
Oʻzbekiston terma jamoasi mazkur saralash bosqichining “D” guruhida Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman va Singapur milliy termalariga qarshi kuch sinashmoqda.
Guruh bosqichining dastlabki turida Falastindan safarda qabul qilingan magʻlubiyatdan soʻng Toshkentda Yamanni yirik 5:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan milliy terma jamoamiz toʻrtinchi turda Singapur termasiga qarshi safarda maydonga tushdi.
Qiziqarli bahslarga boy oʻtgan oʻyinda jamoamiz raqiblarini 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Mazkur uchrashuvda Odil Ahmedov va Eldor Shomurodov (2 ta) raqib darvozasini aniq nishonga oldi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi saralash bosqichidagi toʻrtinchi oʻyinini 14-noyabr kuni Toshkentda Saudiya Arabistoni futbolchilariga qarshi oʻtkazadi.