Tennischilarimiz muvaffaqiyati
Mamlakatimiz tennischilari Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) musobaqalar taqvimidan joy olgan “Shymkent Open – 2015” turnirini g‘alaba bilan boshladi.
Mamlakatimiz tennischilari Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) musobaqalar taqvimidan joy olgan “Shymkent Open – 2015” turnirini g‘alaba bilan boshladi.Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘tayotgan mazkur musobaqaning xotin-qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz Go‘zal Yusupova, Arina Fols, Polina Merenkova va Albina Xabibulina birinchi davrada g‘alaba qozondi.
Turnirning ikkinchi davrasida P.Merenkova gruziyalik Yekaterina Gorgodze, A.Fols belaruslik Viktoriya Mun, G.Yusupova qozog‘istonlik Kamila Kerimbayeva, A.Xabibulina rossiyalik Tamara Bijukova bilan bahslashadi.
Juftlik bahslarida ham tennischilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Albina Xabibulina va Polina Merenkova, Aleksandra Staxanova va qozog‘istonlik Danel Ashirova, Arina Fols va rossiyalik Darya Lodikova dastlabki davrada g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqdi.
“Fyuchers” musobaqasida ishtirok etayotgan Sanjar Fayziyev va Jo‘rabek Karimov yakkaliklar o‘rtasidagi ilk uchrashuvda g‘alaba qozondi. J.Karimov ikkinchi davrada belaruslik Yaroslav Shilya bilan kuch sinashsa, S.Fayziyev gollandiyalik Mus Sporken bilan bellashadi.
Musobaqaning juftlik bahslarida J.Karimov va S.Fayziyev birinchi davrada qozog‘istonlik tennischilar Roman Hasanov va Dmitriy Resnyanskiy ustidan 6:7, 7:6, 10:3 hisobida g‘alaba qozondi va chorak finalda gollandiyalik Roy Sarut de Valk va Pol Monteban bilan bahslashadigan bo‘ldi.