Tennis: Mahmudbek Beknazarov yarim finalda o‘ynaydi
Qirg‘izistonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida J60 tasnifiga kiruvchi “Cholpon-Ata Open” turnirida ikki nafar tennischimiz yarim finalga yo‘l oldi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, ushbu musobaqaning chorak final bellashuvlarida 4 nafar vakilimiz ishtirok etdi. Ular orasida Mahmudbek Beknazarov neytral tennischi Felor Yevdokimov ustidan 6:0, 7:5 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, Nikita G‘afurov 6:4, 6:7, 6:2 hisobida Timur Gordeyevni (neytral tennischi) taslim etdi. Afsuski, ushbu bosqichda Alan Zinatulin kutilmaganda Kamal Faxretdinovga (neytral tennischi), Abdurahmon Karimov esa David Mogliyevskiyga (Isroil) imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Endi turnirning yarim finalida Mahmudbek Beknazarov – Kamal Faxretdinov, Nikita G‘afurov – David Mogliyevskiy o‘rtasidagi to‘qnashuvga guvoh bo‘lamiz.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA