Temurova Gulchehra Xudoykulovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Zaif eshituvchi o‘quvchilarning mehnatga oid ko‘nikma va malakalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusida
Temurova Gulchehra Xudoykulovnaning 13.00.03 – Maxsus pedagogika ixtisosligi bo‘yicha “Zaif eshituvchi o‘quvchilarning mehnatga oid ko‘nikma va malakalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023 yil 29 mart kuni soat 08:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy, Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2-qavat, 203-xona.
Tel.: (99871) 276-75-26; faks: (99871) 276-76-51;
e-mail: kengash@edu.uz