Taxtako‘pirda Orol baliqlari taomlari festivali bo‘lib o‘tdi
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumanida “Orol baliqlaridan 99 turdagi taomlar” xalqaro gastronomik festivali hamda uning doirasida oshpazlar o‘rtasida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi tashabbus va innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish, Orolbo‘yi hududini gastronomik turizm markazi sifatida xalqaro darajada targ‘ib etish, shuningdek, Orol baliqlari asosida milliy va zamonaviy taomlar turini kengaytirishdan iborat.
[gallery-28977]
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan festivalda Orolbo‘yining barcha shahar va tumanlari, shuningdek, Toshkent shahri va viloyatlardan 50 nafardan ziyod oshpaz va havaskorlar ishtirok etdi.
Festival doirasida milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari, sport musobaqalari, xalq sayillari hamda turli ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etildi.
Ko‘rik-tanlov yakunida g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA