TATU talabalari armrestling bo‘yicha shohsupaga ko‘tarildi
Yurtimizda yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada oliy ta’lim muassasalari talabalari ham turli sport musobaqalarida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etmoqda.
Jumladan, 2026-yilning 16–20-may kunlari armrestling sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatining respublika bosqichida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlar safidan o‘rin oldi.

Ushbu natijalar universitetda sport va sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, talabalarning qat’iyati, matonati va yuqori tayyorgarligining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.
N.Rahmonova,
O‘zA