“Tashabbusli byudjet – 2025”: raqamlar va natijalar (+video)
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yilgi “Tashabbusli byudjet” jarayonining birinchi mavsumida g‘olib bo‘lgan loyihalar bo‘yicha yo‘nalishlar kesimida batafsil ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, “Tashabbusli byudjet” jarayonining ushbu mavsumida 2 ming 369 ta g‘olib loyiha tasdiqlanib, umumiy 3,2 trillion so‘m ajratilgan.
Ichki yo‘llar, piyodalar yo‘lakchasi va yo‘l o‘tkazgichlarni ta’mirlash bilan bog‘liq tadbirlar – 964 ta loyihasiga 1,4 trln so‘m, umumta’lim maktablarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari – 699 loyihasi uchun 875 mlrd so‘m ajratilgan.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/my2oFKhfKcs?si=szZ4B1dl0PuVZhqv" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, I.Ismatov, O‘zA