Tanqidga javob qaytarish kerakmi?
Bu savolga shubhalanadiganlar uchun batafsil javob berishga harakat qilaman, qolaversa rahbarga tushuntirish uchun dalillar mavjud boʻlishi kerak.
Agar ijtimoiy tarmoqlarda biror kompaniyaga nisbatan boʻlgan tanqid yoki yomon munosabat eʼtiborsiz qoldirilsa, osmon uzilib yerga tusharmidi? “It hurar karvon oʻtaverar”, yaʼni kompaniya oʻzining moliyaviy yutuqlari, yuqori savdosi va aksionerlarning foydasi ila oʻz faoliyatini davom ettiraveradi. Oʻsha ijtimoiy “jonzotlar” nima ham qila olishar edi? – Bu kabi savollarni menga koʻp berishadi, deydi Temur Aslanov.
Bu savolga shubhalanadiganlar uchun batafsil javob berishga harakat qilaman, qolaversa rahbarga tushuntirish uchun dalillar mavjud boʻlishi kerak.
Ushbu maqolada, biz salbiy tomonlarni koʻrib chiqmaymiz, aksincha faqat mijozlar izohlarini koʻrib chiqamiz. Xususan, ushbu izohni haqiqatdan ham sizning kompaniyangiz bilan hamkorlik qilgan, sizdan biron narsa sotib olgan yoki hech boʻlmaganda sotib olish uchun harakat qilgan shaxsning izohini koʻrib chiqamiz.
Va nihoyat, u siz bilan muloqotdan soʻng salbiy isteʼmolchi tajribasiga ega boʻldi va bu haqda ijtimoiy tarmoqlar yoki saytlarda bayon etdi. Siz esa unga javob bermaslikka qaror qildingiz va nima boʻlishini kuzatmoqchisiz.
Sizga bir-biridan mustaqil ravishda rivojlanishi yoki yoppasiga amalga oshishi mumkin boʻlgan 7 ssenariyni taklif etaman.
1. Mijoz yana yozadi.
Agar mijoz sharh yozgan boʻlsa va unga javob qaytarilmasa, muammo hal qilinmasa, u tinchlanmaydi va bu holatni unutmaydi. Axir u muammoga duch kelgani uchun yozgan, xususan, unga sifatsiz mahsulot sotilgan yoki sifatsiz xizmat koʻrsatilgani uchun.
Bu holatda mijozga javob qaytarilmasa, u oʻzinikini taʼkidlayveradi, yaʼni har safar yangi va yangi tanqidiy fikrlarni qoʻshib ijtimoiy tarmoqlarda siz haqingizda yomon fikrlar yozaveradi. Undan tashqari, u sizning boshqa sahifalaringizni ham topib u yerga ham izoh qoldiradi.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi turli jamiyat va guruh sahifalariga ham yozaveradi. Vaqt oʻtgan sayin bu muammoni hal qilish qiyin kechadi.
2. Mijoz ketadi. Ketganda ham yomon ketadi.
Agar siz javob bermasangiz va masalani hal qilmasangiz, mijoz sizni tark etadi. Oʻz mijozlari haqida gʻamxoʻrlik qilmaydigan kompaniyaga pul toʻlashning nima keragi bor? Mijoz eshikni qattiq yopgancha ketadi va kengroq izohlarni har joyda yozib qoldiraveradi. Qolaversa, siz haqingizda ijtimoiy tarmoqlarda eslatilganda, u har doim tanqid yozaveradi. Shuningdek, oʻzingizning yozgan postlaringiz tagida ham uning izohi albatta uchraydi.
3. Potensial mijozlaringiz sizdan yuz oʻgirishadi va siz tomon borishmaydi.
Sizdan ul-bul narsa sotib olishni oʻylab turgan insonlar, oʻzlariga “Toʻxta!" deyishadi. Shu ishga qoʻshilmaganim ham yaxshi boʻldi, sabab ular mijozlarning munosabatiga befarqlik qilishmoqda. Agar menda ham muammo boʻlib qolsa-chi, meni ham mijozlar inkor etishadi.
Tanlash jarayonida mijozlar tortinchoq va hissiyotli boʻladi. Ularni hatto mayin shamol esishi ham xijolatga soladi, javobsiz qolgan tanqid esa bundan ham ortib tushadi.
Bir narsani tushunib yetish kera-ki, oddiy tanqid emas, aksincha javobsiz qolgan yoki toʻgʻri berilmagan javob haqida gap ketmoqda. Agarda tanqidga toʻgʻri munosabatda boʻlganingizni va bu boʻyicha choralar koʻrganingizni mijoz his qilsa, u sizdan qochmaydi, aksincha, siz tomon talpinadi. Mijoz birinchi marotaba narsa xarid qilayotgan emas va u hamma ham xato qilish mumkinligini biladi. Faqat hamma ham oʻz xatosi toʻgʻrilamaydi.
4. Izohga raqobatchingiz javob berishi mumkin.
Agar u aqlli va ehtiyotkor boʻlsa, mijozlarni eʼtiborsiz qoldirganingizni koʻradi va ularni oʻzi tomon ogʻdirishga harakat qiladi.
U izohlarni koʻrib, quyidagilarni yozadi: “Agar X kompaniyasi mijozlarga qiziqish bildirmaydigan boʻlsa, keling, menga murojaat qilinglar! Men sizni mehr va diqqat bilan oʻrab olaman, barcha muammolarni hal qilaman va doim aloqadaman "- va mijozlar u tomon talpinishadi.
5. Fleshmob boshlanishi mumkin
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari sizga koʻplab izohlar yozilganligini va siz ularga javob bermayotganligingizni koʻrishadi. Ijtimoiy faolligi va adolat tuygʻusi yuqori boʻlgan odam topilib, barchani sizga ommaviy boykot eʼlon qilishga chaqiradi, sizga qarshi xeshteg ishlab chiqib, mijozlaringizni, pulingizni va sizni obroʻsizlantiradigan fleshmobni boshlaydi.
6. JFE mavzuni ilgʻab oladi
Agar siz aniq daʼvolar bilan qoldirilgan koʻplab izohlarga javob bermasangiz, sizni kutadigan keyingi mumkin boʻlgan noqulaylik - JFE ushbu mavzuga qiziqishi mumkin. Yaʼni jamoatchilik fikri yetakchisi. Ijtimoiy tarmoqlarda mavzularni yaxshi yoritadigan mashhur bloger.
Toʻrabek Toʻrayev tarjimasi