Talabalar shaharchasida ham poyezdlarga chiptalar sotilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati rahbariyatining topshirigʻiga binoan, oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar uchun 2020-yil 16-martdan boshlab yoʻlovchi poyezdlar chiptalarining tarif qismidan 50 foiz chegirma joriy qilindi.
Talabalar poyezdlarga chipta olish uchun temir yoʻl vokzalidagi kassalarga borishlariga hojat yoʻq. Ayni kunda talabalar shaharchasida “Oʻztemiryoʻyoʻlovchi” AJ tomonidan chiptaxona tashkil qilinib, poyezdlarga chiptalar shu joyning oʻzida sotilmoqda.
“Oʻztemiryoʻyoʻlovchi” AJ