Talabalar qasamyod qabul qildi
Buxoro davlat tibbiyot institutining 1-bosqich talabalari Abu Ali ibn Sino haykali poyida qasamyod qabul qildi.
Buxoro davlat tibbiyot institutining 1-bosqich talabalari Abu Ali ibn Sino haykali poyida qasamyod qabul qildi.
Boʻlajak shifokorlar kasbiga sadoqatli boʻlish, har qanday sharoitda tibbiy yordam koʻrsatishga, oʻz manfaatiga berilmaslik uchun bor kuch va gʻayratini sarflashga, halol boʻlishga qasamyod qildi. Abu Ali ibn Sino yodgorlik poyiga gullar qoʻyib, hurmat bajo keltirdi.
Yoshlar fikrlar va ishlar pokligi, yuksak ishonch va ajralmas najot ramzi sifatida oq xalat kiyishning ramziy marosimini oʻtkazishdi.
Taʼkidlash joizki, bu yil Buxoro davlat tibbiyot instituti Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlari milliy reytingida oʻtgan yilga nisbatan 4 pogʻonaga koʻtarilib, 12-oʻrinni egalladi.
Tadbirda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori vazifasini bajaruvchi Shuhrat Teshayev ishtirok etdi.



