Talabalar o‘rtasida “Zakovat” o‘yini o‘tkazildi
Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston milliy universiteti hamda “Zakovat” klubi hamkorligida talaba-yoshlar o‘rtasida Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Zakovat” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Tashkil etilgan o‘yinda barcha fakultetlarning eng iqtidorli talabalaridan tuzilgan jamoalar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Do‘stona raqobat ruhida o‘tgan musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Jumladan, 1-o‘rinni Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti talabaridan iborat bo‘lgan “Fidelio” jamoasi egalladi. 2-o‘rin Ijtimoiy fanlar fakultetining “Kratos” jamoasiga, 3-o‘rin esa Tarix fakulteti jamoasi “CyenTURON” jamoasiga nasib qildi.
Mazkur jamoalar universitet rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA