Talabalar an’anaviy ta’lim olishni boshladi
Navoiy davlat pedagogika institutida ham o‘qish jarayoni boshlandi.
Karantin talablariga rioya qilingan holda dars soatlari qisqartirilgan 3 smenada, 2 paradan o‘tkazilishi belgilangan. Har bir para 60 daqiqadan iborat bo‘lib, tanaffusga 10 daqiqa vaqt belgilangan. Institut rahbariyati tomonidan talabalar bilan muloqot qilinib, an’anaviy dars jarayonlari olib borilishi bo‘yicha tushuntirildi.
Ma’lumot uchun, 2020-2021 o‘quv yilida Navoiy davlat pedagogika institutining 8 ta fakultet, 24 ta kafedrasida jami 13 ming 192 nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan kunduzgi bo‘limda 27 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 9 ming 145 nafar talaba bo‘lsa, kechki bo‘limda 8 ta ta’lim yo‘nalishida 299 nafar, sirtqi bo‘limda 14 ta ta’lim yo‘nalishida 2 ming 655 nafar, maxsus sirtqi bo‘limda esa 526 nafar, ikkinchi mutaxassislikda 320 nafar talaba ta’lim olayotir. Bundan tashqari, 17 ta magistratura mutaxassisliklarida 247 nafar talaba tahsil olmoqda.
Abduvali Bo‘riyev, O‘zA