Taekvondochilarimiz medallari
Janubiy Koreyada taekvondo (WTF) bo‘yicha davom etayotgan, 2016-yilgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun reyting ochkolar beruvchi nufuzli xalqaro turnirda O‘zbekiston sportchilari munosib ishtirok etmoqda.
Janubiy Koreyada taekvondo (WTF) bo‘yicha davom etayotgan, 2016-yilgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun reyting ochkolar beruvchi nufuzli xalqaro turnirda O‘zbekiston sportchilari munosib ishtirok etmoqda.Vazni 87 kilogrammgacha bo‘lgan taekvondochilar bahsida qatnashgan tajribali sportchimiz, o‘z vazn toifasida dunyo reytingida yetakchilik qilayotgan Jasur Boyqo‘ziyev Janubiy Koreya terma jamoasining to‘rt nafar va eronlik bir nafar sportchini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Yana bir mahoratli sportchimiz, jahon chempioni Dmitriy Shokin (87 kilogrammdan dan yuqori) ham o‘z vazn toifasida tengsiz deb topildi.
O‘smirlar o‘rtasida hamyurtimiz Sevinch Muhammadjonova o‘z vazn toifasida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.