Taekvondo WT: O‘zbekiston terma jamoasi «WT President’s Cup Asia» turnirida ishtirok etadi
Joriy yilning 17-21-avgust kunlari Pokistonning Lahor shahrida taekvondo WT bo‘yicha «President’s Cup Asia Region 2026» xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Sakkizinchi marotaba o‘tkazilayotgan musobaqada yurtimiz sharafini 25 nafar sportchi himoya qiladi. Jumladan, erkaklar o‘rtasida Jahongir Xudoyberdiyev, Behruz Salimov, Asadbek Samandarov, Omonjon Otajonov, Nazarali Nazarov, Ayubxon Nabiyev, Diyorbek To‘xliboyev, Omadbek Otabekov, Najmiddin Qosimxo‘jayev, Mironshohmirzo Muzaffarov, Ahadjon Muxtorov, Jasurbek Jaysunov, Yodgorbek Jo‘raboyev, Xudoynazar Shodmonov va Marat Mavlonov tatamiga chiqadi.
Ayollar bahsida esa Laylo Hasanova, Madina Mirabzalova, Shabbona Abduvaliyeva, Sevinch Hayitova, Mohidil O‘ktamjonova, Diyora Azizova, Jasmina Turlibekova, Ozoda Sobirjonova, Svetlana Saidova va Iroda Mirtojiyeva mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.
Terma jamoa bosh murabbiyi — Pavel Xan. Murabbiylar shtabida Jasur Boyqo‘ziyev, Maksim Rafalovich, Zayniddin Nazaroliyev va Stanislav Xan faoliyat olib boradi.
Musobaqa doirasida Osiyoning kuchli taekvondochilari o‘zaro bahs olib boradi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA