Tadbirkorlarning huquqiy himoyasi: islohotlar va natijalar (+video)
Tadbirkorlar mamlakat iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi asosiy kuchlardan biri hisoblanadi. Shu bois, ularning manfaatlarini himoya qilish, huquqiy kafolatlarini ta’minlash va ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonda tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlat siyosatida ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi.
Yurtboshimiz tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ma’muriy va huquqiy to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar o‘z samarasini bermoqda. Qabul qilingan yangi islohotlar biznes muhitini yanada yaxshilab, tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Tadbirkorlar uchun huquqiy himoyaning kuchaytirilishi nafaqat ularning ishonchini oshiradi, balki mamlakat iqtisodiyotining izchil rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shadi.
Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA