Tadbirkorlarga zarur tavsiyalar berildi
Poytaxtimizda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi, Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, Sanoat xavfsizligi vakillari va tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlik sub’ektlarini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan muammolar, amaliyotdagi to‘siqlar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

Shu bilan bilan birga, favqulodda vaziyatlar va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan tekshiruv va profilaktik tadbirlar jarayonlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglanib, mas’ul tashkilotlar tomonidan ularning yechimiga oid zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi. Ta’kidlanganidek, tadbirkorlik faoliyati uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, shu bilan birga, yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA