Tadbirkorlarga yangi imtiyozlar mazmun-mohiyati tushuntirildi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahrida Soliq qo‘mitasining mas’ul xodimi ishtirokida tadbirkorlik sub’ektlari uchun amaliy seminar tashkil etildi.
Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 27-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati tadbirkorlarga batafsil tushuntirildi.
[gallery-31331]
Xususan, kichik tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirishga uch yil muddatga moratoriy joriy etilgani, shuningdek, soliq tekshiruvlari qaysi hollarda o‘tkazilishi mumkinligi haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, 2027-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik sub’ektlariga eksport operatsiyalari bo‘yicha yuzaga kelgan muddati o‘tgan debitor qarzdorlikni o‘z mablag‘lari hisobidan so‘ndirish imkonini beruvchi bir martalik umumdavlat aksiyasi joriy etilgani xususida tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob qaytarildi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA