Tabiat kushandalari qo‘lga tushdi
O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari hamkorligida viloyat hududida navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi
Tadbir davomida Sirdaryo viloyati Shirin shahri va Boyovut tumanidan oqib o‘tuvchi "Janubiy Mirzacho‘l" kanalidan fuqarolar I.A va B.A lar tomonidan 2023 yil 29 mart kuni tungi soat 23:00dan 30 mart soat tungi 3:20 ga qadar vaqt oralig‘ida taqiqlangan baliq tutish qurollari yordamida jami 5 turdagi 137 dona baliq noqonuniy ravishda ovlagani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzar fuqarolardan 1 dona rezina qayiq, 1 dona akkumlyator, 1 dona elektr qarmoq, 1 juft eshkaklar daliliy ashyo sifatida vaqtincha saqlash uchun olib qo‘yildi.
Sodir etilgan huquqbuzarlik holati yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan hayvonot dunyosiga yetkazilgan 47 million 880 ming so‘m zarar miqdori belgilandi.

Tadbir davomida Xovos tumanidan oqib o‘tuvchi "Janubiy Mirzacho‘l" kanalidan fuqarolar I.A va X.A lar tomonidan 2023 yil 29 mart kuni tungi soat 22:30dan 30 mart soat tungi 3:45ga qadar vaqt oralig‘ida taqiqlangan baliq tutish qurollari yordamida jami 5 turdagi 36 dona baliqlar va 4 dona O‘zbekiston Respublikasi qizil kitobiga kiritilgan Turkiston mo‘ylovdorini noqonuniy ravishda ovlaganlik holati aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan huquqbuzar fuqarolardan 1 dona rezina qayiq, 1 dona akkumlyator, 1 dona elektr qarmoq, 1 juft eshkaklar daliliy ashyo sifatida vaqtincha saqlash uchun olib qo‘yildi.

Sodir etilgan huquqbuzarlik holati yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan hayvonot dunyosiga yetkazilgan 51 million 480 ming so‘m zarar miqdori belgilandi. Shu tariqa huquqbuzarlar tomonidan viloyatda bir oqshomning o‘zida hayvonot dunyosiga 99 million 360 ming so‘m zarar yetkazilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun Prokuraturaga taqdim etish uchun hujjatlar rasmiylashtirildi.
Shuxrat Suyarov, O‘zA