Tabarruk onaxonga “Shuhrat” medali topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan 100 yoshdan oshgan keksa avlod vakillaridan bir guruhi “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Ularning orasida Nukus shahri “Qurilishchi” mahallasida istiqomat qiluvchi Bazar aya Bekbergenova ham bor. bugungi kunda 102 yoshni qarshilayotgan tabarruk onaxon farzandlari, nevara, evara va chevaralarining ardog‘ida umrguzaronlik qilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev bayram arafasida Bazar aya Bekbergenova xonadonida bo‘lib, mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi bilan muborakbod etdi. Onaxonga “Shuhrat” medalini hamda bayram sovg‘alarini topshirdi.
O‘z navbatida onaxon keksa avlod vakillariga ko‘rsatayotgan e’tibori hamda g‘amxo‘rligi uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonimiz to‘kin-sochin bo‘lishini tiladi.
Dovud ABIBULLAEV,
O‘zA muxbiri