Ta’lim va amaliyot uyg‘unligi
Buxoro tibbiyot kollejida hamshiralik ishi, laboratoriya diagnostikasi, ortopedik stomatologiya, tibbiy profilaktika ishi kabi yo‘nalishlarda o‘rta bo‘g‘in mutaxassislari tayyorlanmoqda.
Buxoro tibbiyot kollejida hamshiralik ishi, laboratoriya diagnostikasi, ortopedik stomatologiya, tibbiy profilaktika ishi kabi yo‘nalishlarda o‘rta bo‘g‘in mutaxassislari tayyorlanmoqda.Qariyb 2 ming 100 nafar o‘g‘il-qiz ta’lim olayotgan maskanda fan, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya, lingafon xonalari zamonaviy o‘quv jihozlari va ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlangan. O‘quvchilarning amaliy bilimini mustahkamlash va ish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida hududdagi tibbiyot muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.