Svetlana Osipova jahon reytingida hamon peshqadam
Butunjahon taekvondo federatsiyasi aprel oyi uchun o‘zining yangilangan jahon reyting jadvalini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mazkur jadvaldan O‘zbekiston terma jamoasining bir necha vakillari o‘z vaznlarida yetakchilik qildi.
Xususan, erkaklar o‘rtasidagi 74 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Najmiddin Qosimhojiyev 199.40 ochko bilan yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, xotin-qizlar orasida vazni +73 kilogramm bo‘lgan Svetlana Osipova 203.80 ochok jamg‘arib, o‘z vaznida yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi.

Quyida mazkur reytingdan joy olgan boshqa taekvondochilarimiz bilan tanishasiz:
Erkaklar:
54 kg: 4. Jahongir Xudoyberdiyev (129.80)
58 kg: 19. Omonjon Otajonov (69.16), 41. Dilmurodjon Ma’rufjonov (40.00), 45. Kamronbek Mansurov (38.61)
63 kg: 18. Nazarali Nazarov (62.56)
68 kg: 20. Diyorbek To‘xliboyev (78.16)
80 kg: 5. Jasurbek Jaysunov (133.45)
87 kg: 6. Shuhrat Salayev (91.40), 13. Yodgorbek Jo‘raboyev (62.16)
+87 kg: 4. Marat Mavlonov (144.26).
Ayollar:
46 kg: 30. Madina Shoniyozova (37.14)
49 kg: 38. Laylo Xasanova (40.48)
53 kg: 28. Laylo Zayniddinova (44.69)
57 kg: 11. Madina Mirabzalova (97.07), 50. Shabbona Abduvaliyeva (32.94)
62 kg: 25. Sevinch Hayitova (41.82)
67 kg: 5. Ozoda Sobirjonova (149.56), 40. Iroda Mirtojiyeva (24.48).
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA