Surxondaryoda yosh bojxonachilar bellashdi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryoda bojxona organlari xodimlari o‘rtasida “Ajdodlar izidan” ko‘rik-tanlovining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari tizimida 2023 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish yuzasidan hamkorlikdagi chora-tadbirlar dasturi”ga muvofiq tashkil etilgan tanlovda Surxondaryo, Qashqadaryo va Navoiy viloyati bojxona boshqarmalarining yosh bojxonachilaridan iborat jamoalar o‘zaro bellashdi.
[gallery-12926]
Tanlov yosh bojxona xodimlarida Vatanga muhabbat, sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, milliy davlatchiligimizning vujudga kelishi va taraqqiy topgan davrlarda harbiy sohada erishilgan yutuqlar shon-shuhratini tarixiy dalillar asosida yosh avlodga yetkazish hamda sarkardalarimizdan meros jang san’ati sirlarini o‘rganishda kitob o‘qishning ahamiyatini oshirish maqsadiga qaratilgani bilan ahamiyatli.
Yakuniy natijalariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati jamoasi tanlovning mintaqaviy bosqichi g‘olibi bo‘ldi. Navoiy viloyati jamoasi ikkinchi hamda mezbon jamoa uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA