Surxon vohasida istiqlol tantanalari
FOTOREPORTAJ
Yurtimizning har bir go‘shasida bo‘lgani kabi Curxon elida ham mustaqilligimizning 31 yilligi keng nishonlanmoqda. Butun shahar tantana og‘ushida. “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” g‘oyasi ostida o‘tayotgan tadbirlar yurtdoshlarimizga cheksiz quvonch ulashmoqda.
Termiz shahridagi San’at saroyi amfiteatrida viloyat aholisi va mehmonlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan bayram tantanasi barchaga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
Tadbirda ishlab chiqarish ilg‘orlari, fermer va tadbirkorlar, nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari, shuningdek, Tojikiston delegatsiyasi ishtirok etdi.
[gallery-8606]
Tantana avvalida viloyat hokimi To‘ra Bobolov mustaqillik yillarida mamlakatimizda erishilgan ulkan natijalar, xususan, viloyat ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlar haqida so‘z yuritdi. Barchani istiqlol bayrami bilan qutladi.
San’atkorlar, badiiy guruhlar chiqishlari davraga yanada joziba, ishtirokchilar qalbiga a’lo kayfiyat bag‘ishladi.
Termiz shahrining sokin oqshomini har xil yorqin ranglardan munavvar etgan mushakbozlik barchaga, shu jumladan, bolajonlarga quvonch, hayrat bag‘ishladi.
Viloyatda bayram tadbirlari davom etmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA