Superliga: "Bunyodkor" g‘alaba qozondi
O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan "Turon" - "Bunyodkor" bahsi 1:2 hisobida yakunlandi.
Uchrashuvda dastlab, "Bunyodkor" jamoasi a’zosi Farhod O‘tkirov raqib darvozasini 5-daqiqada ishg‘ol qilib, jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, birinchi bo‘limning qo‘shimcha daqiqasida Fayzullo Jumanqo‘ziyev hisobni tenglashtirdi. O‘yinning 90+5 daqiqasida Rasul Yo‘ldoshev gol urib “qaldirg‘och”lar g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa, "Bunyodkor" 23 ochko jamg‘argan holda 7-o‘ringa chiqib olgan bo‘lsa, 12 ochko to‘plagan "Turon" 12-pog‘onada bormoqda.
"Buxoro"-"Surxon" uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etildi. O‘yindagi gollarga Asilbek Qayumov va Jahongir Abdusalomov mualliflik qildi.
Bugun Superliganing 17-turidan o‘rin olgan bitta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Andijonda mezbonlar “Olimpik” klubini qabul qiladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA