Stol tennisi: “Pro-Tur-100” g‘oliblari aniqlandi
Toshkent arenalarida stol tennisi bo‘yicha o‘tgan bu galgi “Pro-Tur” musobaqalari yangicha tizimda tashkil etildi. Bahslar elektron platforma asosida yo‘lga qo‘yilishi natijalarning shaffof va adolatli hisob-kitobiga xizmat qildi.
Inson omili va aqlli texnologiyalar uyg‘unligida kechgan shiddatli bahslarda kichik raketka ustalari har bir ochko uchun kurashib, mahoratini namoyon etishdi.
Musobaqalar yakunida erkaklar o‘rtasida Shohrux Iskandarov oltin, Sarvar G‘ulomov kumush, Diyorbek Dilshodov va Xurshid Ahmedov bronza medallariga ega chiqdi.
Turnirning ayollar o‘rtasidagi musobaqalarida oltin medal uchun kurash Asel Yerkebayeva va Adelina Hasanova o‘rtasida kechdi. Har ikkisi o‘yin davomida xatosiz harakat qildi. Omad esa Yerkebayevaga kulib boqdi.

Shu tarzda Asel oltin, Adelina kumush medal sohibi bo‘ldi. Bronza medallari o‘z navbatida Maftuna Gulimova hamda Arujan Kamalovaga nasib etdi.
G‘oliblar medal, pul mukofotlari hamda federatsiyaning maxsus sovg‘alari bilan taqdirlandi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA