Sport xabarlari
Bahraynda davom etayotgan Osiyo chempionati murosasiz bahslarga boy bo‘lmoqda. Chempionatning o‘smirlar o‘rtasidagi shaxsiy birinchilik poygalarida sportchimiz Iskandar Shodiyev uchinchi natijani qayd etdi.
Velosport. Bahraynda davom etayotgan Osiyo chempionati murosasiz bahslarga boy bo‘lmoqda. Chempionatning o‘smirlar o‘rtasidagi shaxsiy birinchilik poygalarida sportchimiz Iskandar Shodiyev uchinchi natijani qayd etdi.* * *
Karate. Malayziyada o‘tkazilgan nufuzli turnirda sportchimiz Sarvar Murodullayev muvaffaqiyat qozondi. Osiyoning o‘n yetti mamlakatidan eng kuchli karatechilar bellashgan turnirda Sarvar oltin medalga sazovor bo‘ldi.