Sport xabarlari
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “US Open” turnirini muvaffaqiyatli boshladi.
Tennis. Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “US Open” turnirini muvaffaqiyatli boshladi.Denis musobaqaning birinchi davrasida ispaniyalik Albert Ramosga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda tennischimiz 4:6, 7:6, 7:5, 6:7, 7:5 hisobida g‘alaba qozondi.
* * *
Dzyudo. Vengriyada dzyudo bo‘yicha o‘tayotgan jahon chempionatida 60 kilogrammgacha polvonlar o‘rtasidagi bahslarda bronza medali uchun yurtdoshlarimiz Diyorbek O‘rozboyev va Muhriddin Tilovov gilamga tushdi. Teng kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvda Diyorbekning qo‘li baland keldi.
* * *
Para-kanoe. Chexiyaning Rachitse shahrida para-kanoe bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi.
Chempionatning xotin-qizlar o‘rtasidagi bahslarida paralimpiyachimiz Shahnoza Mirzayeva 200 metr masofani 51.778 soniyada bosib o‘tib, kumush medal sohibasi bo‘ldi.