Sport sohasida kadrlar salohiyatini oshirish masalalari muhokama qilindi
Sport vazirligida jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar salohiyatini oshirish hamda ilmiy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish hamda ilmiy salohiyat mezonlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda sport vaziri Adham Ikromov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim sifati va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratdi.

Muhokamalar jarayonida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori R.Matkarimov, O‘zbekiston davlat sport akademiyasi rektori Ilhomjon Tursunaliyev hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy-tadqiqotlar instituti olimlari 2026/2027 o‘quv yili uchun qabul jarayonlariga oid masalalar xususida o‘z takliflarini bildirdi.
Tahlillar jarayonida qabul kvotalarini shakllantirish, ijodiy (kasbiy) imtihonlar dasturi va baholash mezonlarini tasdiqlash, shuningdek, qabul komissiyasi tarkibini belgilash masalasida xalqaro tajribadan keng foydalanish, talabalikka nomzodlarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish, imtihonlarning shaffofligini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA